Close


VAZIR URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA BO‘LDI


Bugun, 27-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.  

Tashrif davomida vazir institutda yaratilgan shaoitlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, muassasaning IT park inkubatsiya markazi, Musiqa muzeyi, Besh tashabbus xonasi va tasviriy san'at auditoriyalarida bo'lib, u yerdagi talabalar bilan muloqot qildi.

Shuningdek, institutning asosiy hududida yangidan qurib bitkazilayotgan 7 qavatli, 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyining qurilish va ta’mirlash ishlari hamda qurilish loyihasi bilan yaqindan tanishildi. Pardozlash ishlarini olib borayotgan quruvchilar bilan suhbatlashib, zarur taklif-tavsiyalarini berdi.

Ulashish: