Koreyaning Dongshin universiteti, Urganch davlat universiteti va Urganch davlat pedagogika instituti mas'ul xodimlari hamda volontyor o‘qituvchilari ishtirokida Zoom platformasida onlayn uchrashuv tashkil qilindi.
O‘zbekiston — Koreya talabalari almashinuv dasturi doirasidagi Urganch davlat universiteti, Urganch davlat pedagogika instituti va Dongshin universiteti talabalarining BIRINCHI XALQARO FORUMI yuzasidan tomonlar o‘zaro takliflarini o‘rtaga tashladilar va forumdan kutilayotgan natijalarni muhokama qildilar.
Uchrashuvda yanvar oyi oxiri va fevral oyi boshida o‘tkazilishi rejalashtirilgan talabalarning birinchi xalqaro forumiga tayyorgarlik jarayonlari, koreyslarning O‘zbekistonga, xususan, universitetga va institutga tashrifi davomida rejalashtirilayotgan ishlar haqida mulohazalar bildirildi, o‘zaro fikrlar almashildi.
O‘zbekiston — Koreya talabalari almashinuv dasturi doirasidagi Urganch davlat pedagogika instituti va Dongshin universiteti talabalarining BIRINCHI XALQARO FORUMIda quyidagi tadbirlar rejalashtirilmoqda:
"Koreya madaniyati haftaligi"
"Koreya raqsi kuni"
"K — POP vocals"
"Ko‘rish qobiliyatini Koreya qurilmalarida, Koreya mutaxassislari yordamida tekshirish"
Barchani BIRINCHI XALQARO FORUM da faol bo‘lishga chaqiramiz!
Urganch davlat pedagogika institutining istiqbolli hamkorliklaridan yana biri barchamizga muborak bo‘lsin!!!
Izoh: Mehmonlarning 1-fevralda institutimizga tashrifi kutilmoqda!




UrDPI Matbuot xizmati