Satimboeva Oltinoy Ravshanbek qizi 2016-yildan hozirgi kunga qadar Xorazm viloyati Urganch tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabida sportning boks turi bo‘yicha trener Vapaev Shukurullo Аbdullajanovich qo‘l ostida muntazam shug‘ullanib kelmoqda va O‘zbekiston sport ustasi unvoniga ega.
Tanlagan sport turiga bo‘lgan qiziqishi hamda mashg‘ulotlarda tinimsiz mehnat qilganligi natijasida ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda. Bir necha bor viloyat chempionatlari va kuboglari g‘olibi bo‘lgan.
Xususan, 2021-yil 8-iyun kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida faxrli 1-o‘rinni egalladi.
2021-yil 30-avgust kuni Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 3-o‘rinni egalladi.
2021-yil 5-10-sentabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan MDH, o‘yinlarida 2-o‘rinni egalladi.
2021-yil 14-24-noyabr kunlari Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan Boks bo‘yicha O‘zbekiston kubogida faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Joriy yilning 1-14-mart kunlari Iordaniya poytaxti Аmman shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 81 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
O.Satimboeva 2021-2022-yillarda boks bo‘yicha respublika terma jamoasi aʼzosi. Uning iqtidori va erishgan yutuqlari Respublika mutaxassislari tomonidan ham bir necha bor eʼtirof etilgan.
Uning sportda erishgan natijalari inobatga olinib, o‘zi tanlagan oliy taʼlim muasasasi – Urganch davlat pedagogika institutiga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilindi va hozirgi kunda institutning baxtli yoshlari qatorida ta’lim olmoqda.
O.Satimboeva joriy yilning noyabr oyida Ispaniyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida boks sport turi (81 kg vazn toifasida, ayollar o‘rtasida) bo‘yicha kumush medal sohibi bo‘ldi.
Satimboeva Oltinoy Ravshanbek qizi kelajakda xalqaro sport arenalarida qatnashish uchun o‘z ustida yanada tinimsiz ishlashiga, yurtimiz shaʼnini yanada yuksaklarga ko‘tarishiga ishonamiz!!! Umidli talabamizga yangidan-yangi zafarlar tilab qolamiz!!


Urganch davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati