Prezidentimizning "O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi", "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch innovatsion universiteti Urganch davlat pedagogika instituti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Bugun Urganch innovatsion universiteti nodavlat ta’lim muassasasi rektori Madamin Eshmurodov, universitetning O‘quv ishlari bo'yicha prorektori Mansur Masharipov institutimizga tashrif buyurib, UrDPI rektori v.v.b Jumanazar Yarmetov hamda institut O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Xasanboy Siddiqovlar bilan uchrashdilar.
Shartnoma Urganch davlat pedagogika institutining Respublikamizda tutgan o‘rni va rolini alohida e'tirof etgan holda teng huquqlilik tamoyiliga asoslangan.
Shartnomada ilmiy loyihalarni hamkorlikda bajarish, o‘quv me'yoriy hujjatlar, o‘quv-ilmiy adabiyot qo‘llanmalaridan foydalanishda tomonlar o‘rtasida qo‘shma ta'lim dasturlarini tashkil qilish, ilmiy-tadqiqot metadologiyasi, axborot texnologiyalari, psixologik, sotsiologik xizmat sohasida, pedagogik mahoratni oshirish, talabalar amaliyoti va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashish maqsadida uslubiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi ko‘plab masalalar yoritilgan.
Porloq kelajak sari dadil qo‘yilgan yana bir qadaming qutlug‘ bo‘lsin — Urganch davlat pedagogika instituti!!!


UrDPI Matbuot xizmati