“Umumiy filologiya” kafedrasi o‘qituvchilari va shuningdek, institutning professor-o‘qituvchilari uchun O‘zbekistondagi Amerika elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan Ingliz tilini o‘qitish uyushmasi volontyor a’zosi Alberto Balam Navarro-Medina tomonidan mahorat darsi olib borildi. Darsda til o‘rganishdagi qiyinchiliklar, til o‘rganuvchilar bilan ishlashdagi muammolar va ularning yechimlari keng muhokama qilindi. Shuningdek, institutda bo‘lajak ingliz tili fani o‘qituvchilarini tayyorlashda muhim o‘rin egallaydigan bilim, ko‘nikma, malakalar til mutaxassisi tomonidan nazariy jihatdan o’rganildi. Janob Alberto tomonidan olib boriladigan darslar, to‘garaklar professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan o‘quv yili davomida yana davom ettiriladi.

