Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 5-SONLI MAJLISI


2023-yil  25-yanvar  sanasida  Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash institut rektori v.v.b Jumanazar Yarmetov raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Kengashni institut rektori v.v.b Jumanazar Yarmetov ochib berdi va bo‘limlar faoliyati, institutning ilmiy salohiyati, to‘garak va o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil qilinishi, xalqaro hamda respublika jurnallarida maqolalar chop qilish, ilmiy darajalarni olishning qonun-qoidalari bilan bog‘liq yangi qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

Kengashda quyidagi mavzular bo‘yicha ma'ruzalar tinglandi:

"2023-yil 17-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapur davlatiga qilgan tashrifi to‘g‘risida" mavzusida D. Xudayberganov ma'ruzasi.

"Institutda 2022-yilda bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash masalalari to‘g‘risida" mavzusida G‘. Ibodullayev ma'ruzasi.

"2022-2023-o‘quv yili qabul natijalari to‘g‘risida" mavzusida X.Siddiqov ma'ruzasi.

"Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limining  2022-yildagi faoliyati to‘g‘risida" mavzusida K.Siddiqov ma'ruzasi.

"2022-yilda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari” to‘g‘risidagi qonunning institutdagi ijrosi  to‘g‘risida" mavzusida I.Yo‘ldoshov ma'ruzasi.

Mazkur masalalar bo‘yicha Kengash aʼzolarining fikr-mulohazalari tinglandi, takliflari inobatga olindi.

urspi.uz;URGANCH  DAVLAT  PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 5-SONLI MAJLISI

urspi.uz;URGANCH  DAVLAT  PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 5-SONLI MAJLISI

urspi.uz;URGANCH  DAVLAT  PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 5-SONLI MAJLISI

urspi.uz;URGANCH  DAVLAT  PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 5-SONLI MAJLISI

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: