Close


ROSSIYA DAVLATINING GLAZOV DAVLAT MUHANDISLIK-PEDAGOGIKA UNIVERSITETI VAKILLARI UrDPIGA TASHRIF BUYURDI


V.G.Korolenko nomidagi Glazov davlat muhandislik-pedagogika universiteti xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Danilov Oleg Yevgenyevich hamda prorektor yordamchisi Opaleva Darya Andreyevnalar Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida institut masʼullari bilan uchrashib, xalqaro hamkorliklar doirasida qilinadigan loyiha va dasturlar xususida kelishib oldilar. Jumladan, hamkorlikda ilmiy materiallar tayyorlash, talaba va professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, taʼlim sohasida oʻzaro tajriba almashish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi  

 ©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: