Close


UrDPIGA OLTOY DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FILOLOGIYA VA MADANIYATLARARO ALOQA INSTITUTI DIREKTORI TASHRIF BUYURDI


Bugun Urganch davlat pedagogika institutiga Rossiya davlatining Oltoy davlat pedagogika universiteti Filologiya va madaniyatlararo aloqa instituti direktori Markina Polina Vladimirovna va Umumiy tarix kafedrasi mudiri Tsiryapkina Yuliya Nikolayevnalar tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida institut mas'ullari bilan uchrashib, o'quv, akademik va ilmiy sohalarda hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish, xususan, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ta’lim sohasida o‘zaro tajribalar almashish, ilmiy dastur va loyihalarni tashkillashtirish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikrlar almashdilar. 

Uchrashuv yakunida xalqaro hamkorliklarni yanada mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolashga kelishib olindi. 

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: