Close


YOSHLARDA KORRUPSIYAGA NISBATAN TOQATSIZ MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISH" MAVZUSIDA UCHRASHUV TASHKIL QILINDI


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha 2023-2024-yillarga mo'ljallangan davlat dasturiga asosan Urganch davlat pedagogika institutida "Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish" mavzusida uchrashuv tashkil qilindi. 

Uchrashuvda Yoshlar siyosati va sport vazirligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i Bekzod Ollaberganov hamda institutning Korrupsiyaga qarshi kurash "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i Adilbek Djumaniyozovlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar. 

Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning huquqiy onggi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bir qatorda, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va chek qo'yish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: