Close


UrDPI KENGASHINING NAVBATDAGI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI


Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi 10-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar. Kengash avvalida ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilarga OAK diplomlari topshirildi.

Shundan so'ng, kun tartibida asosiy masalalar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarda Xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan institutda “4+2” amaliyot dasturining ijrosi, shuningdek, institutda ilmiy salohiyatni kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashning istiqbolli rejalari ijrosi kabi bir qator masalalar yuzasidan axborot va hisobotlar tinglandi.

Yakunda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan bir qator o‘quv qo‘llanma va darsliklar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashiga tavsiya qilindi. 

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: