Close

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA JANUBIY KOREYANING CHONBUK MILLIY UNIVERSITETI HAMKORLIK MEMARANDUMINI IMZOLASH ARAFASIDA

    Zoom platformasi orqali Urganch davlat pedagogika instituti va Chonbuk milliy universiteti o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

    Uchrashuvda Chonbuk milliy universiteti professori J.Shim va UrDPI rektori v.v.b.  J.Yarmetov, O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i X.Siddiqov, Xalqaro hamkorlik bo‘lim boshlig‘i D.Polvonova, Amerika Kengashi tashkilotining FEP (Fakultetni rivojlantirish programmasi) grantining sohibasi  N.Ruzmetova, "Umumiy filologiya" kafedrasi mudiri M.Matquliyeva, "Umumiy filologiya" kafedrasi o‘qituvchilari R.Abdurahmonov, S.Rahmonov  va boshqa masʼullar ishtirok etishdi.

    Uchrashuvda  oliygohlarning samarali hamkorlik aloqalari va ulardan kutilayotgan samarali natijalar, istiqbolli loyihalar, kelgusida ushbu hamkorliklarni yanada kengaytirish va rivojlantirish, bilim va tajriba almashish jarayoni, ikkala millatning madaniyati, tarixi va urf-odatlari o‘rtasidagi mushtaralik haqida ham ko‘plab fikr-mulohazalar bayon qilindi.   

   Professor J.Shim tomonidan  Chonbuk milliy universitetining ilmiy salohiyati,  universitetda yaratilgan imkoniyatlar, xalqaro hamkorliklar haqida universitet faoliyatini yoritib beruvchi lavhalar namoyish qilindi va bu institutimiz jamoasi tomonidan iliq, favqulodda qiziqish bilan kutib olindi.

    Alohida ta'kidlab o‘tish joizki, Chonbuk milliy universiteti dunyoning top mingtaliga kirgan  Janubiy Koreyaning rasmiy davlat muassalaridan biri hisoblanadi!

   Urganch davlat pedagogika instituti jamoasini yana bir istiqbolli hamkorlikning boshlanishi bilan tabriklaymiz!

urspi.uz;URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VA JANUBIY KOREYANING CHONBUK MILLIY UNIVERSITETI HAMKORLIK MEMARANDUMINI IMZOLASH ARAFASIDA

UrDPI Matbuot xizmati 

Ulashish: