Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va tarix fakulteti dekani, PhD Nargiza Masharipova Farg‘ona shahrida AQShning Appalachi davlat universiteti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan hamda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonliklar uchun grant takliflarini ishlab chiqish va yozish” loyihasi asosida 5 kunlik treningda ishtirok etdi.
Appalachi davlat universiteti professori, loyiha direktori va bosh treneri Jessi Lutabingva tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur treninglarda viloyatdagi ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
Trening davomida ishtirokchilarga grant loyihasi uchun tadqiqot o‘tkazish, potensial mablag‘ beruvchilar bilan muloqotni tashkillash, hamkor tashkilotlar bilan ishlash, loyiha g‘oyasini shakllantirish, loyiha maqsadi, smart vazifalar va amalga oshiriladigan faoliyatlarni to‘g‘ri belgilash, loyihani baholash va uning barqarorligini ta’minlash, loyiha byudjetini ishlab chiqish kabi mavzularda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.






©️ UrDPI Matbuot xizmati