Close


UrDPIDA NAVBATDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA BO'LIB O'TDI


Bugun, Urganch davlat pedagogika institutida “Uchinchi renessans poydevorini qo'yishda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitishning nazariy va amaliy ahamiyati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.

Konferensiyada Namangan davlat pedagogika instituti, O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti va Buxoro davlat pedagogika institutlarining rektorlari ishtirok etdilar.

Shuningdek, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Urganch davlat universiteti, Chirchiq davlat pedagogika universiteti va bir qator hamkor tashkilotlar vakillari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

Konferensiyada o'z maqolalari bilan faol ishtirok etgan olim va yosh tadqiqotchilar sertifikat bilan taqdirlandilar. 

©️ UrDPI Matbuot xizmati   

Ulashish: