Close


ENG YAXSHI KITOBXON TALABA TANLOVINING FINAL BOSQICHI O'TKAZILDI


Urganch davlat pedagogika institutida "Eng yaxshi kitobxon talaba" koʻrik-tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi. Rektor kitob va mutolaaning inson hayotidagi o'rni haqida gapirib, yoshlarni ma'naviy yetuklik sari kitob bilan doimiy oshno bo'lishga chaqirdi.

Tanlovda 9 oy (sentyabr oyi) dan beri g'oliblikni qo'lga kiritib kelayotgan talabalar 4 shart bo'yicha o'zaro bellashdilar hamda hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildilar.

Tanlov g'oliblari "Yoshlar oyligi"ning yakuniy tadbirida  qimmatbaho sovg'alar - planshetlar bilan taqdirlanadilar.

©️ UrDPI Matbuot xizmati  

Ulashish: