Close


AKADEMIK SAIDAXROR GULYAMOV URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PROFESSOR-O'QITUVCHILARI VA YOSH TADQIQOTCHILARIGA MAʼRUZA O‘QIDI


Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, akademik, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Saidaxror Gulyamov institut professor-o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilariga ma'ruza o‘qidi. 

Uchrashuvni institut rektori, pedagogika fanlari doktori Feruza Madraximova ochib berdi hamda davlatimizda olib borilayotgan islohotlar, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun yaratilgan sharoitlar va erishilayotgan natijalar to‘g‘risida nutq so‘zladi. 

Shundan so‘ng, akademik ma'ruza o‘qidi. Ma'ruza davomida Yangi O‘zbekiston stategiyasida ta'lim sifatini baholash muammolari, Taraqqiyot stategiyasi: Uchinchi Renessans iqtisodiyoti piramidasi, “Sun’iy intellekt”  strategiyasining qabul qilinishi, masofaviy ta'lim kabi bir qator masalalar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati   

Ulashish: