Close


UrDPI TALABASINING SAN'ATI TURKIYADA E'TIROF QILINIB, TURK O‘ZBEK DO‘STLIGI MADANIYAT ELCHIXONASINING MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANDI


Urganch davlat pedagogika instituti Musiqa ta'limi yo'nalishi talabasi, "Nihol" davlat mukofoti sohibi Matnazar Ozodov Turkiya davlatida O'zbekiston xalq artisti Og'abek Sobirov bilan birgalikda o'tkazilgan konsert dasturi yakunida Turkiya davlati san'ati darg'alari tomonidan xonandaning iste'dodi va san'ati alohida e'tirof qilinib, taqdirlandi.

*Ma'lumot uchun, joriy yilning aprel oyida Matnazar Ozodovning Xalqlar do'stligi san'at saroyida yakkaxon konsert dasturi ham bo'lib o'tgan edi.

Iste'dodli xonandaga yanada balandroq ijodiy parvozlar, qadim o'zbek xalqi milliy san'atining bebaho va tuganmas xazinalarini dunyoga yoyishda kuch-g'ayrat va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: