Ayni kunlarda Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo'nalishi ikkinchi bosqich talabasi Oltinoy Sotimboyeva Rossiyaning Qozon shahrida (12-23-iyun kunlari) bo'lib o'tayotgan VI “BRICS” o'yinlarida - 81 kg vazn toifasida boks sport turi bo'yicha Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.
Musobaqada dunyoning 90 davlatidan 4500 dan ortiq sportchi, 29 sport turi bo'yicha medallar uchun bahs olib bormoqdalar.
***Ma'lumot uchun, O.Sotimboyeva bir qator xalqaro musobaqalar sovrindori hisoblanadi:
🥉 2021-yil 30-avgust kuni Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 3-o‘rin
🥈 2021-yil 5-10-sentabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan MDH o‘yinlarida 2-o‘rin
🥈 2022-yilning 1-14-mart kunlari Iordaniya poytaxti Аmman shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 2-o‘rin
🥈2022-yilning noyabr oyida Ispaniyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 2-o‘rin
🥇2023-yil sentabr oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan "Shardara kubogi" xalqaro turnirida 1-o‘rin.
🥇 2023-yil avgust oyida Belarus davlatida bo‘lib o‘tgan II MDH o‘yinlarida 1-o‘rin.
🥉 Joriy yilning 25-aprelidan 8-mayigacha Qozog'iston Respublikasida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida 3-o‘rin.
🌍 Osiyo boks konfederatsiyasining e’tirofiga ko'ra 2022-2023-yildagi OSIYONING ENG YAXSHI BOKSCHISI deb topilgan!
Oltinoyga omad tilaymiz va O‘zbekiston bayrog‘ini yanada ko‘klarga ko‘tarishiga ishonamiz!

©️ UrDPI Matbuot xizmati