Close


ILMIY INNOVATSIYA – JAMIYATNING RIVOJLANISH OMILI!


Bugun, Urganch davlat pedagogika institutida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O'zbekiston liberal demokratik partiyasining Xorazm viloyati bo'linmasi bilan hamkorlikda 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan e’lon qilingan “Yoshlar oyligi” doirasida “Ilmiy innovatsiya – jamiyatning rivojlanish omili” mavzusida yosh olimlar forumi o'tkazildi. 

Forumdan oldin ishtirokchilar institutda tashkil etilgan va yoshlarning chinakam ma'noda ma'rifat maydoniga aylanayotgan "Jadidlar bog'i"ga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ma'rifatparvar bobolarimizning siymolari va purhikmat so'zlari, badiiy va ilmiy adabiyotlardan iborat kitob javonlarini o'zida jamlagan bog' bilan yaqindan tanishdilar.

"Jadidlar bog'i"ga tashrifdan so'ng Urganch davlat pedagogika instituti hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O'zbekiston liberal demokratik partiyasining Xorazm viloyati bo'linmasi hamkorligida 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan e’lon qilingan “Yoshlar oyligi” doirasida o'tkazilayotgan "Ilmiy innovatsiya – jamiyatning rivojlanish omili" yosh olimlar forumi rasmiy doirada o'z ishini boshladi. 

Unda institut O'quv ishlari bo'yicha prorektori U.Sheripov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori D.Abdullayev, Xalq deputatlari Urganch shahar kotibiyati mudiri, O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Urganch shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari D.Jumaniyazov, institut professor-o'qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va talabalar o'z ma'ruzalari hamda fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdilar. 

Ulashish: