Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yoʻnalishining 224-guruh talabasi, erkin-kurash boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi a'zosi Nodirbek Jumanazarov Rossiya davlatida boʻlib oʻtayotgan xalqaro koʻp sport musobaqasi - BRIKS oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
*Ma'lumot uchun, N.Jumanazarov 2021-yildagi Jahon chempionatida (Budapesht, 51 kg) 2-o‘rin, 2023-yil Oʻzbekiston chempionatida erkin kurash boʻyicha kattalar oʻrtasida (-57 kg) vazn toifasida 1-o‘rin, joriy yil Iordaniyaning Amman shahrida boʻlib oʻtgan U 20 Wrestling bo‘yicha Jahon chempionatining 2-o‘rin sohibi hisoblanadi.
Nodirbek Jumanazarovga yangidan-yangi zafarlar yor boʻlishini va Vatanimiz bayrogʻini jahon arenalarida yuksaklarga koʻtaraverishini tilab qolamiz!


©️ UrDPI Matbuot xizmati