Close


XALQARO HAMKORLIK


Dunyoning top mingtaligidagi uch yuztalikka kirgan va unda 142-o‘rinda turadigan  Malayziyaning Kebaansang universitetidan professorlar tashrif buyurdilar. Uchrashuvda Malayziyaning Kebaansang universiteti professorlari: doktor Hanita va doktor Harvati xonimlar, Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.v.b Jumanazar Yarmetov, Filologiya va san’at fakulteti dekani Zafar Adilov, “Umumiy filologiya” kafedrasi mudiri Nodira Ruzmetova, Urganch davlat universititeti o‘qituvchisi Dildora Artiqovalar ishtirok qildilar. Hamkorlikning yo‘nalishi hozirda, asosan, ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha bolib, keyinchalik tarmoqlarning yanada kengaytirilishi rejalashtirilmoqda. Mart oyida Kebaansang universitetidan professor-o‘qituvchilarning Urganch davlat pedagogika institutiga tashrifi yuzasidan ham kelishib olindi hamda hamkorlikdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan ham fikr va mulohazalar bayon qilindi. Uchrashuvda talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, o‘zaro hamkorlikda oliygohlarning ilmiy salohiyatlarini yanada oshirish, hamkorlikda maqolalar chop qilish, Kebaansang universitetida doktaranturada o‘qish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi. 

Institutning bundan keyingi xalqaro hamkorliklari va istiqbolli loyihalariga muvaffaqiyat tilab qolamiz!!!

urspi.uz;XALQARO HAMKORLIKurspi.uz;XALQARO HAMKORLIK

UrDPI Matbuot xizmati 

Ulashish: