Close


URDPIDA "YOSHLAR OYLIGI" DOIRASIDAGI GʻOLIB TALABALAR PLANSHET VA BOSHQA QIMMATBAHO SOVG'ALAR BILAN TAQDIRLANDILAR


Bugun, Urganch davlat pedagogika institutida 30-iyun #Yoshlar_kuni munosabati bilan oʻtkazilgan #Yoshlar_oyligi doirasidagi tanlovlar gʻoliblari hamda "Eng yaxshi kitobxon" koʻrik-tanlovining final bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Taqdirlash marosimida institut rektori Feruza Madraximova soʻzga chiqib, talabalarni yaqinlashib kelayotgan "Yoshlar kuni" bilan tabrikladi.

Shundan soʻng, "Yoshlar oyligi" doirasida institutda o'tkazilgan tanlovlarda g'olib bo'lgan talabalarga rektor sovgʻasi — Planshetlar va boshqa qimmatbaho sovg'alar, diplomlar topshirildi.

Kelayotgan "Yoshlar kuni" barcha talaba-yoshlarimizga muborak bo'lsin! Vatanni seving, atrofingizdagilarni qadrlang va katta ezgu maqsadlar sari faqat olg'a intiling! 

©️ UrDPI Matbuot xizmati   

Ulashish: