Matbuot anjumani davomida institut rektori Feruza Madraximova va prorektorlar tomonidan batafsil maʼlumotlar berildi. Anjumanda 20 dan ortiq ommaviy axborot vositasi vakillari ishtirok etdi.
2024-2025-oʻquv yili boʻyicha Urganch davlat pedagogika institutiga 19 ta bakalavriat kunduzgi yoʻnalish, 9 ta bakalavriat sirtqi yoʻnalish, 11 ta magistratura bosqichi yo'nalishlari va 2025-yil yanvar oyidan 7 ta ixtisoslashgan yoʻnalish boʻyicha 14 ta tayanch doktoranturaga kvotalar ajratilgan.
Matbuot anjumanidan so'ng, 27-iyun Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan Urganch davlat pedagogika instituti faoliyatida yaqindan hamkorlik qilayotgan bir guruh jurnalist va blogerlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.



©️ UrDPI Matbuot xizmati