Urganch shahrida navbatdagi “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi va unda UrDPI talabasi 1-o'rinni qo'lga kiritdi
Bugun, 29-iyun kuni, Urganch shahrida 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi nafas” va Xalqaro olimpiya qo'mitasi kuniga bag'ishlangan "Olympic Day" ommaviy yugurish musobaqasi o'tkazildi.
Musobaqa ishtirokchilari Urganch shahrida “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida birlashishdi. Musobaqada masofa uzunligi 3 kmni tashkil etdi.
Musobaqada Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo'nalishi talabasi Dostonbek Saparbayev 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlarga viloyat hokimligi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
.jpg)