Close


URDPI KENGASHINING 2023-2024-O‘QUV YILI YAKUNLARIGA BAG‘ISHLANGAN MAJLISI BO‘LIB O‘TDI


Bugun, 2-iyul kuni Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar. Kengash avvalida ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilarga OAKning diplomlari topshirildi.

Shundan so'ng, kun tartibida institut professor-o'qituvchilarning yil yakunlari bo'yicha 110 ballik baholash mezonlari natijalari, 2023-2024-o‘quv yilida o'quv-uslubiy yo'nalish bo'yicha hisoboti, professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarining bajarilish holati, yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot va hisobotlar tinglandi.

Kengash yakunida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan bir qator o‘quv qo‘llanma va darsliklar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashiga tavsiya qilindi. 

©️ UrDPI Matbuot xizmati  

Ulashish: