Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABASI JAHON CHEMPIONATIDA ENG YAXSHI TOʻPURARLAR SAFIDA!


Ayni kunlarda Makedoniyaning Skope shahrida gandbol boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Ayni damda musobaqalar qizgʻin davom etmoqda. Yetti kunlik musobaqalardan soʻng Xalqaro gandbol federatsiyasi tomonidan chempionatning eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxati eʼlon qilindi.
Ular orasidan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishining 222-guruh talabasi Sevinch Erkinboyeva ham oʻrin olgan:

1. Jelena Vukchevich - 56 gol (Chernogoriya).
2. Bernardets Karlo Belo - 36 gol (Angola).
3. Sevinch Erkinboyeva - 34 gol (O'zbekiston).

Shuningdek, jahon chempionatida yana bir umidli talabamiz, "Xalqaro toifadagi sport ustasi" Zulayho Marimboyeva ham faol ishtirok etmoqda hamda jamoaning gʻalabalariga munosib hissa qoʻshmoqda.

💐Gandbolchilarimizga O‘zbekiston sharafini himoya qilishda faqat va faqat zafarlar tilab qolamiz!

©️ UrDPI Matbuot xizmati  

Ulashish: