Ayni kunlarda Urganch davlat pedagogika instituti Feruza Madraximova va institut xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Jaloliddin Sadullayevlar Xorazm viloyati hokimligi delegatsiyasi tarkibida Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo'lib turibdilar.
Bugun Xorazm viloyatining investitsiya imkoniyatlari bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda Xorazm viloyati hokimi Jo'rabek Rahimov ishtirok etdi.
Shundan so'ng, delegatsiya a'zolari Istanbul Gelishim universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Xorazm viloyatidagi OTMlar (UrDU, TATU Urganch filiali), xususan, UrDPI instituti rektori Feruza Madraximova Istanbul Gelishim universiteti rektori, professor Bahri Shahin bilan ichrashib, o'quv, akademik va ilmiy sohalarda hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish, xususan, professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ta’lim sohasida o‘zaro tajribalar almashish, ilmiy dastur va loyihalarni tashkillashtirish kabi bir qator masalalar yuzasidan fikrlar almashdilar. Uchrashuv yakunida xalqaro hamkorliklarni yanada mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolashga kelishib olindi.




©️ UrDPI Matbuot xizmati