Close


Xorazm teleradiokompaniyasi "Qizim, senga aytaman" ko‘rsatuvida Urganch davlat pedagogika instituti


Xorazm teleradiokompaniyasi "Qizim, senga aytaman" ko‘rsatuvida Urganch davlat pedagogika institutining psixologiya fani o‘qituvchilari Xudoyberganov Doniyor, Rahimov Bobur va Atajanov Ibratlar ishtirok qildilar.

Ko‘rsatuv "Oila — yoshlar nigohida" mavzusida, davra-suhbati tarzida tashkil qilindi va unda bugungi kun yoshlarining qanday umr yo‘ldosh tanlashlari hamda oilaga munosabati, oilada ota-onaning o‘rni, farzandlarning ota-onaga hurmati, umuman, oila va uning psixologik-ijtimoiy ahamiyati kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilindi. 

Ko‘rsatuv savol-javoblarga va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi, savollarga batafsil javoblar olindi. 

Bugungi globallashuv zamonida inson psixologiyasi, ayniqsa, jamiyatning bosh bo‘g‘ini hisoblangan oila psixologiyasiga bag‘ishlangan bu kabi ko‘rsatuvlar yoshlar ma'naviyatining shakllanishida o‘ziga xos ahamiyatga ega, albatta!

 

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: