Close


KONYA SHAHRIDAGI NECMETTIN ERKABAN UNIVERSITETI BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI


Bugun Ankara shahridagi OTMlar bilan muzokaralardan so'ng UrDPI rektori va vakillarimiz Turkiyaning Konya shahriga yetib keldilar.

Konya shahrida vakillarimiz Necmettin Erkaban universitetiga bordilar. U yerda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova va Necmettin Erkaban universiteti rektori, professor Cem Zorlu o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi. Muzokaralarda ikkala OTM o'rtasida o'quv va ilmiy  sohalarda hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikrlar almashdilar. Uchrashuv yakunida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. 

 ©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: