Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA 2024/2025-O‘QUV YILI QABULI UCHUN KASBIY (IJODIY) IMTIHON JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA!


#Qabul_2024  
#Ijodiy_imtihon

Urganch davlat pedagogika institutida 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari davom etmoqda! 

Bugun, 9-iyul kuni, Urganch davlat pedagogika institutida 2024/2025-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar Jismoniy madaniyat hamda Musiqa ta'limi yo‘nalishlari uchun o’tkazilmoqda. 

Ma’lumot uchun, 8-12-iyul kunlari o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishida 998 nafar, Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo‘nalishida 121 nafar abituriyent hamda Musiqa ta’limi yo‘nalishida 105 nafar abituriyent ishtirok etishi rejalashtirilgan. Imtihonlar ikki smenada tashkil qilinmoqda. Volontyorlar guruhi ham jarayonlarda faol ishtirok etmoqda. 

Quyidagi havola orqali imtihon jarayonlarini jonli efir orqali kuzatishingiz mumkin: https://urspi.uz/uz/site/active?id=55

Barcha abituriyentlarga imtihonlarda omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

©️ UrDPI Matbuot xizmati  

Ulashish: