Institutning Aniq va amaliy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat yo'nalishining 221-guruh talabasi Muhammadsodiq Sodiqov yoshlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo kubogining -100 kg vazn toifasida sportning dzyudo turi bo'yicha oltin medalni qo'lga kiritdi.
Xabaringiz bor, kuni kecha yana bir talabamiz Shirinjon Yo’ldashova ham yoshlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo kubogining -78 kg vazn toifasida ushbu sport turi bo'yicha oltin medal sohibasiga aylangan edi.
Talabamizni yana bir yangi g'alaba bilan samimiy muborakbod qilgan holda Vatanimiz bayrog'ini jahon arenalarida yanada ko'klarga ko'taraverishini tilab qolamiz!
⚡️O'zbekiston hisobiga yozib qo'yilgan va viloyatimiz sportchilari qo'lga kiritgan uchta oltin medalning ikkitasi UrDPI talabalariniki. (https://t.me/xorazmsporti/22984) Olg'a, UrDPI...

©️ UrDPI Matbuot xizmati