Xabaringiz bor, Rossiyaning Moskva pedagogika davlat universitetida “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida o‘qituvchilar ta’limi: kadrlar tayyorlash va integratsiyani rivojlantirish” mavzusida tashkil qilingan xalqaro forum doirasida Urganch davlat pedagogika instituti Yevro-Osiyo pedagogika universitetlari assotsiatsiyasiga a’zo bo’lgan edi. Endilikda assotsatsiya o'z rasmiy a'zolari ro'yxatini dunyoga e'lon qildi. Ular qatorida Urganch davlat pedagogika instituti ham o'z o'rniga ega.
Ma'lumot uchun, mazkur assotsiatsiyaga Qozog'iston, Qirg'iziston, Belarusiya, Rossiya, O'zbekiston va Moldova davlatlarining 56 ta pedagogika oliy ta'lim muassasalari a’zo hisoblanadilar. Bugunga qadar O’zbekistonning JDPU, Nukus DPI, TDPU, QDPI oliy ta'lim muassasalari ushbu tashkilotga a’zo edi. Mazkur assotsiatsiyaga UrDPI 51 a’zo davlat sifatida qo’shildi.
👉 Yevro-Osiyo pedagogika universitetlari assotsiatsiyasi haqida batafsil ma'lumot (https://t.me/UrDPI_Uz_OAV/1350)



©️