Close


UrDPINING USTOZ PROFESSOR-O'QITUVCHILARI "MEHNAT FAXRIYSI" KO'KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI!


O'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg'armasi Vasiylik Kengashining qaroriga ko'ra yurtimiz bo'ylab ko'p yillar halol va samarali mehnat qilgan, hayotini farzandlarimizni jamiyat oldidagi mas'uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag'ishlagan bir guruh faxriylar "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. 

Ular orasida Urganch davlat pedagogika instituti San’atshunoslik kafedrasi professori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Qadamboy Rahimov hamda filologiya fanlari nomzodi, "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi dotsenti Gavhar Eshchanovalarning ham borligi institutimiz uchun ayniqsa quvonarlidir.

"Ishonch" gazetasining 2024-yil 11-iyul kungi 84-89 (4997)-sonida ushbu Qaror va respublikamiz bo'ylab taqdirlangan faxriylar bilan batafsil (https://t.me/UrDPI_Uz_OAV/1400) tanishishingiz mumkin. 

Umrini ilmga va shogirdlar kamoliga bag'shida qilib kelayotgan Ustozlarimizni bugungi e'tirof bilan samimiy muborakbod qilamiz! 
Doimo elimiz e'zozida, shogirdlar ardog'ida bo'ling, ey ilm fidoiylari...

©️ UrDPI Matbuot xizmati   

Ulashish: