#Qabul_2024
Bugundan respublikamiz bo'ylab 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari boshlandi!
Ertalabdan abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda o'z o'rinlarini egalladilar. (https://uzbmb.uz/page/test_2024)
Urganch davlat pedagogika institutining mas'ullari ham abituriyentlarning imtihonga kirishlarida tartib-intizomni saqlash, ular test jarayoniga kirib chiqqunga qadar buyumlarini saqlash jarayonlarida faol ishtirok qilmoqdalar.
Urganch davlat pedagogika institutining akademik litseyi binosida ota-onalar uchun kutish zallari, imtihonlarni bevosita kuzatib
borishlari uchun monitorlar tashkil qilingan.




©️ UrDPI Matbuot xizmati