#Qabul_2024
#2_kun
Respublikamiz bo‘ylab 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda!
Bugun ham ertalabdan abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda o'z o'rinlarini egalladilar. (https://uzbmb.uz/page/test_2024) Urganch davlat pedagogika institutining mas'ullari hamda volontyorlar guruhi aʼzolari ham abituriyentlarning imtihonga kirishlarida tartib-intizomni saqlash, ular test jarayoniga kirib chiqqunga qadar buyumlarini saqlash jarayonlarida faol ishtirok qilmoqdalar.
Urganch davlat pedagogika institutining akademik litseyi binosida ota-onalar uchun kutish zallari, imtihonlarni bevosita kuzatib borishlari uchun monitorlar tashkil qilingan.
Taʼkidlash lozimki, imtihon jarayonlarini shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida ota-onalar va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini istalgan joydan https://test2024.uz/ platformasida onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.




©️ UrDPI Matbuot xizmati