Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VAKILLARI HINDISTONDA XIZMAT SAFARIDA BO'LIB TURIBDILAR


Ayni kunlarda Xorazm viloyati hokimligi delegatsiya tarkibida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova va Filologiya fakulteti dekani Nargiza Masharipovalar Hindiston davlatida xizmat safarida bo'lib turibdilar.

Safarning ilk kunida delegatsiya vakillari Hindiston Ta'lim vazirining Oliy ta’lim yo'nalishi bo'yicha o'rinbosari Sanjay Murthy bilan uchrashdilar. Uchrashuvda Xorazm viloyati hokimining o'rinbosari San'at Salayev, O'zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustamboyevlar va OTM rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv mobaynida Hindiston davlati hamda O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xususan ikki davlat OTMlari o'rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish haqida so'z bordi.

Kunning ikkinchi qismida delegatsiya a'zolari Dehli shahridagi Javaharlal Neru universitetiga bordilar. U yerda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova va universitet rahbariyatidan professor Sharad K Soni o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi. Muzokaralarda ikkala OTM o'rtasida o'quv va ilmiy sohalarda hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikrlar almashdilar. Uchrashuv yakunida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi. 

Xorazm viloyati hokimligi delegatsiya vakillari viloyat hokimi o'rinbosari San'at Salayev va O'zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustamboyevlar boshchiligida Amity universitetiga tashrif buyurdilar. U yerda universitetning bugungi faoliyatiga oid taqdimot bilan tanishdilar.

Ma'lumot uchun, Amity universitetining Toshkent shahrida filiali faoliyat olib boradi. Bugun kunning ikkinchi qismida delegatsiya vakillari bilan o'tkazilgan muzokaralardan so'ng, Xorazm viloyati hokimligi va Amity universiteti o'rtasida memorandum imzolandi. 

©️ UrDPI Matbuot xizmati  

Ulashish: