2024-2025-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga o'qishga kirish uchun o'tkazilayotgan test sinovlari davom etmoqda.
Bugun respublikamiz bo'ylab 2024-2025-o'quv yili uchun test sinovlarining 6-kuni bo'lib o'tmoqda. Test sinovlari Xorazm viloyatida "Yoshlik" sport majmuasi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi bo‘limi binolarida bo'lib o'tmoqda.
Test sinovlari ikki smenada tashkil etilgan:
Birinchi smena ertalabki soat 8:00 dan, 11:00 gacha;
Ikkinchi smena esa, 15:00 dan 18:00 ga qadar davom etadi.
Urganch davlat pedagogika institutining akademik litseyi binosi bugun ham farzandining imtihon jarayonlarini hayajon va natijalarini intiqlik bilan kutayotgan ota-onalar bilan to'lgan. Institut mas'ullari ham abituriyentlar imtihonga kirib chiqqunga qadar ularning buyumlarini saqlash, ularning tartib bilan imtihonga kirish jarayonlarida faol ishtirok etmoqdalar.
©️ UrDPI Matbuot xizmati