Dunyoning top mingtaligidagi uch yuztalikka kirgan va unda 141-o‘rinda turadigan Malayziyaning Kebangsan universitetI, Urganch davlat universiteti va Urganch davlat pedagogika instituti o‘rtasida Zoom platformasi onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda Kebangsan universiteti Fan doktori Hanita Ismail boshchiligida universitet a’zolari hamda Urganch davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti rahbariyati va professor-o’qituvchilari ishtirok qildilar.
Suhbat davomida kelgusida kutilayotgan uchrashuv va tashriflar rejalari tuzildi. Shuningdek, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, o‘zaro hamkorlikda oliygohlarning ilmiy salohiyatlarini yanada oshirish, hamkorlikda maqolalar chop qilish, Kebangsan universitetida doktaranturada o‘qish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Hamkorlikning yo‘nalishi hozirda, asosan, ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha bo‘lib, keyinchalik tarmoqlarning yanada kengaytirilishi, hamkorlikdagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr va mulohazalar bayon qilindi.
Ma'lumot o‘rnida aytish lozimki, mart oyida Kebangsan universitetidan professor-o‘qituvchilarning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda!
Oliygohlarning xalqaro hamkorliklari va istiqbolli loyihalariga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!!!
.jpg)
.jpg)

.jpg)

UrDPI Matbuot xizmati