Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING YOSH ISTIQBOLLI KADRLARI MALAKA OSHIRISH KURSLARIDA O‘QIYDILAR


Bugun, 23-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlar muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori, siyosiy fanlar doktori, professor Aktam Jalilov Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Mehmon bilan institut rektori Feruza Madraximova uchrashdi. So'ngra ular ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida institutdagi 30 yoshgacha bo'lgan xodimlar bilan muloqot tashkil qilindi. Muloqot davomida yoshlar o'rtasidagi muammolar va ularning yechimlari bo'yicha takliflar tinglandi. Yoshlar o'rtasida so'rovnomalar o'tkazish bo'yicha fikrlar aytildi.

Shuningdek, UrDPIning yosh istiqbolli kadrlarini 4 oylik malaka oshirishda o'qitish va tegishli lavozimlarda faoliyat olib borishlari bo'yicha tavsiyalar berildi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati 

 

Ulashish: