XABARINGIZ BOR, 2024-YILNING YANVAR OYIDA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI HAMDA ROSSIYA FEDERATSIYASI FAN VA OLIY TA'LIM VAZIRLIGI HUZURIDAGI ROSSIYA DAVLAT GUMANITAR UNIVERSITETI OʻRTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANGAN EDI.
Hozirda o‘zaro hamkorlik doirasida ikki oliygoh o‘rtasida pedagoglar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar, stajirovkalar, ma’ruzalar va simpoziumlar o‘tkazish, akademik ma’lumotlar va materiallar almashinuvi, o‘zaro kelishuv asosida boshqa ilmiy hamkorliklar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, hamkorlik doirasida 2024-yil 29-iyuldan 12-avgustga qadar UrDPI yosh tadqiqotchisi Sirojbek Allanazarov Moskva shahrida Rossiya davlat gumanitar universitetida o‘tkaziladigan “Yozgi institut” xalqaro loyihasida ishtirok etadi. Xalqaro loyiha davomida yosh tadqiqotchimiz ikki haftalik ilmiy stajirovka va malaka oshirish kurslarini o‘qib kelishi belgilangan.
“Yozgi institut” xalqaro loyihasi bilan to‘liq tanishib chiqishingiz mumkin: https://t.me/UrDPI_Uz_OAV/1430
©️ UrDPI Matbuot xizmati