Close


UrDPI VA INTELLEKTUAL MULK MARKAZI O'RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI


Bugun Xorazm viloyati Adliya boshqarmasida Geografik ko'rsatkichlar bo'yicha Respublika anjumani bo'lib o'tdi. Anjuman doirasida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev va Urganch davlat pedagogika instituti rektori F.Madraximova o'rtasida memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida UrDPIda Intellektual mulk markazi bilan hamkorlikda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazi tashkil etilishi belgilandi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning aprel oyida UrDPIda Intellektual mulk markazi tomonidan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan seminar-trening tashkil etilgan edi. Markaz intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza va himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: