Close


URDPI JAMOASI ”CHILLA ISTE’DODLAR MAVSUMI”DA...


Xabaringiz bor, respublikamiz bo'ylab yoshlarning yozgi ta'til kunlarini maroqli o'tkazish hamda yosh iste'dod egalarini kashf etish maqsadida "Chilla – iste'dodlar mavsumi" loyihasi o'tkazilmoqda.

Shu qatori Xorazm viloyatida ham “Amir Temur” istirohat bog‘ida “Chilla - iste’dodlar mavsumi” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida bir qator madaniy tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Loyiha doirasida modalar namoyishi, yozgi kinoteatr namoyishi, oshpazlik mahorati yo‘nalishi, tasviriy san’at hamda yozgi chodirlar yarmarkalari tashkil qilindi.

”Chilla iste’dodlar mavsumi”da san’at va madaniyat birlashib, unutilmas lahzalarni yaratdi!

©️ UrDPI Matbuot xizmati  

Ulashish: