Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 6-MAJLISI BO‘LIB O‘TDI


Joriy yilning 24-fevral kuni  sanasida Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining  6-majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Kengash institut rektori v.v.b. Jumanazar Yarmetov raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.

Kengash yig‘ilishida kun tartibidan o‘rin olgan quyidagi masalalar bo‘yicha hisobot va axborotlar tinglandi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasiga rasmiy tashrifi to‘g‘risida.  
(U.Xo‘jamurodov  axboroti)
2. Urganch davlat pedagogika institutining 2022-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida.  
(M.Qo‘shnazarov hisoboti)
3. Institutda tyutorlar faoliyatining samaradorligi to‘g‘risida. (D.Xudovberganov axboroti)
4. Magistratura qishgi qabul natijalari va dissertatsiyalari sifati, mavzularining mintaqa muammolari bilan bog‘liqligi to‘g‘risida. (E.Davletov axboroti)  

Shuningdek, turli xil masalalar muhokama qilinib, mavjud masala va muammolar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. 

Ma'lumot o‘rnida: Hisobot uchun – 15 daqiqa, axborot uchun – 5 daqiqa hamda taklif, mulohaza va ma’lumotlar uchun 3 daqiqagacha vaqt ajratildi.

urspi.uz; URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 6-MAJLISI  BO‘LIB O‘TDI

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 6-MAJLISI  BO‘LIB O‘TDI

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: