Close


MAHALLA YOSHLARIGA E'TIBOR


Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova tomonidan o'ziga biriktirilgan 17 nafar mahalla yoshlari va ularning oila a'zolaridan muntazam xabar olinmoqda.

Bugun, 8-avgust kuni institut rektori va bir guruh mas'ullar Xonqa tumani "Paxtakor" mahallasida istiqomat qiluvchi ro'yxatdagi yoshlarning holidan xabar oldilar.

Xususan, mahalla binosida o'tkazilgan uchrashuvda rektor Feruza Madraximova tomonidan yoshlarning muammolari tinglanib, ularni kasbga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so'ng ularning ijtimoiy holatini yaxshilash va o‘z-o‘zini band etgan holda daromad topishiga ko‘maklashish maqsadida yoshlarning xonadonlariga borib, moddiy ko'mak berildi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati  

Ulashish: