Close


XORAZMDA TURIZM TA’LIMI BERUVCHI OLIY TA’LIM MUASSASALARI REKTORLARI FORUMI BO‘LIB O‘TMOQDA


Urganch davlat universitetida o‘tayotgan anjumanda respublikamizning turizm sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan 11 ta oliy taʼlim muassasasi rektorlari, shuningdek, xorijiy hamkor, jumladan, Yaponiyaning Nagoya hamda Turkiyaning Gelishim oliy oʻquv yurtlari professor-o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

Forum ishida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova ham oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etmoqda. 

Ishtirokchilar o'z oliy ta’lim muassasalariga  biriktirilgan turistik hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar borasida taqdimot o'tkazib,  mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirish, turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish borasidagi tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashmoqdalar.

Ulashish: