Urganch davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan 1-mart Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan "Salom, mening aziz dugonalarim!" mavzusida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.
Tanlov quyidagi shartlar asosida tashkil qilindi:
Zulfiyaxonim hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob — har bir ishtirokchi 3 ta savolga javob berdi, o‘ylash uchun: 1 daqiqa vaqt berildi;
Zulfiyaxonim hayot yo‘lidan sahna koʻrinishi. Bunda qizlar Zulfiya she’rlaridan va Zulfiyaga atalgan she’rlargan foydalandilar;
”Men bo‘lg‘usi Zulfiyaxonim qiziman”. Bunda qizlar o‘zlarining Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga nechog‘lik loyiq ekanliklarini ko‘rsatib berdilar. Hujjatlar elektron va qog‘oz variantda taqdim qilindi;
4-shartda qizlarning pazandachilik bo‘yicha qobiliyatlari aniqlandi. Bunda qizlar qisqa vaqt ichida chuchvara tugdilar.
1-o‘rin: O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi 223-guruh talabasi Laylo Xudoyorova
2-o‘rin: Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 224-guruh talabasi Shahnoza Yo‘ldosheva
3-o‘rin: Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi 223-guruh talabasi Shirin Bekjonova
"Eng zukko qiz" — Xorijiy til va adabiyoti 223-guruh talabasi Kamila Jumaboyeva
"Eng ijodkor qiz" — Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi 223-guruh talabasi Dilnoza Ro‘zmetova
"Eng chaqqon qiz" — O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi 223-guruh talabasi Robiya Samandarova
"Eng mahoratli qiz" — Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi 223-guruh talabasi Mohidil Abdurahmonova
"Eng bilimdon qiz" — Xorijiy til va adabiyoti 223-guruh talabasi Fotimajon Otaboyeva
Ko‘rik-tanlov g‘oliblari institut tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


