Close


BOSH VAZIR O'RINBOSARI URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA TASHRIF BUYURDI


Bugun, 24-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari Zulayho Mahkamova va Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Nigora Kutlimuratovalar Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Ularni institut rektori Feruza Madraximova rahbarligidagi jamoa kutib oldilar.

Hozirda institutda "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti mas'ullari tomonidan mahalla xotin-qizlar faollarining malakalarini oshirish seminar-treninglar bo’lib o’tmoqda.  

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-401-son qarorida Oila va xotin-qizlar qo'mitasi xodimlari, jumladan, mahalladagi xotin-qizlar faollarining alohida dastur asosida malakasini oshirib borish vazifasi yuklatilgan.

©️ UrDPI Matbuot xizmati  

Ulashish: