Close


UrDPIda "OILA VA GENDER" ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI HAMDA VILOYAT OILA VA XOTIN-QIZLAR BOSHQARMASI MAS'ULLARI TOMONIDAN MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLLARINING MALAKALARINI OSHIRISH SEMINAR-TRENINGLARIGA START BERILDI


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi PQ-401-son qarorida Oila va xotin-qizlar qo'mitasi xodimlari, jumladan, mahalladagi xotin-qizlar faollarining alohida dastur asosida malakasini oshirib borish vazifasi yuklatilgan. 

Shu munosabat bilan bugun Urganch davlat pedagogika institutiga O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi huzuridagi "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti hamda viloyat hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Nigora Kutlimurodova rahbarligida bir guruh mas'ullar tashrif buyurdilar. 

Kurs masʼullari institut rektori Feruza Madraximova rahbarligidagi jamoa tomonidan iliq kutib olindi.

Malaka oshirish kurslari  joriy yilning 23-29-avgust kunlari markazlashgan holda o‘tkaziladi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati 

Ulashish: