Close


UrDPI KENGASHINING 2024-2025-O‘QUV YILIDAGI BIRINCHI SONLI YIG'ILISHI BO‘LIB O‘TDI


Bugun, 29-avgust kuni Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining yangi o'quv yilidagi birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar. 

Kengash quvonchli voqea bilan boshlandi, ya'ni ikki nafar professor-o'qituvchimiz "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandilar hamda rektor boshchiligidagi jamoa ustozlarning keyingi faoliyatiga ham omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.

Shundan so'ng, kun tartibidagi asosiy masalalar, xususan, institut Kengashi a'zolari tarkibiga o'zgartirish kiritish, Kengash ish rejasini muhokama qilish va tasdiqlash, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va o'quv me'yoriy hujjatlarni tasdiqlash, professor-o'qituvchilar faoliyatini o'rganish me'zoni (110 ballik reyting)ni qayta ko'rib chiqish va tasdiqlash, o'quv yili bo'yicha faoliyat yurituvchi tuzilmalarning ish rejalari muhokamasi kabi bir qator masalalar yuzasidan axborot va hisobotlar tinglandi.

©️ UrDPI Matbuot xizmati 

Ulashish: