Close


URDPI QOZOG'ISTON RESPUBLIKASIDA O'TKAZILAYOTGAN XALQARO KONFERENSIYADA TASHKILOTCHI SIFATIDA ISHTIROK ETMOQDA


Ayni daqiqalarda Qozog'istonning Olmaota shahrida “Evolution Equations, Approximation and Spectral Optimization” (Evolyutsiya tenglamalari, yaqinlashish va spektral optimallashtirish) nomli xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda.

Unda Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti dekani Hikmat Matyoqubov tashkilotchi sifatida hamda o'zining “Exciton dynamics in branching conducting polymers” (Tarmoqlangan o‘tkazuvchan polimerlarda eksiton dinamikasi) nomli ma’ruzasi bilan maʼruzachi sifatida ishtirok etmoqda. 

Ma'lumot uchun, ushbu tadbir Matematika va matematik modellashtirish instituti va Al-Farobiy nomidagi Qozog'iston Milliy universiteti (Olmaota, Qozog'iston) hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan.

©️UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: