Close


URDPIDA MFAKTOR ASOSCHISI HASAN MAMASAIDOV TALABALAR BILAN UCHRASHDI


#UrDPI  #MFaktor 
H.Mamasaidov: "Oʻz yutuqlarimizning yagona muallifi oʻzimiz"
 

Bugun, 18-sentabr kuni Urganch davlat pedagogika institutida MFaktor loyihasi asoschisi hamda Jalinga Global kompaniyasining rivojlanish bo’yicha direktori Hasan Mamаsaidov ishtirokida institut talabalari uchun motivatsion uchrashuv tashkil etildi.

Rektor Feruza Madraximova ochiq va samimiy ruhdagi uchrashuvni ochib berar ekan, bu zalda boʻladigan suhbat ishtirokchilarning hayot yoʻllarini oʻzgartirib yuborishiga ishonch bildirdi.

Tajribali tadbirkor, spiker, ustoz talabalarga muvaffaqiyat va liderikka erish sirlarini oʻzining hayoti davomida erishgan yutuq va ba’zi qiyinchiliklari misolida soʻzlab berdi. Tadbirkor suhbat davomida biznesdagi ilk qadamlari, oilaviy tadbirkorlikning turli jihatlariga to'xtalib o'tdi. Yakunda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

©️UrDPI matbuot xizmati

 

Ulashish: